SPORTCHILARNING NOTO’G’RI XULQI VA HOMIYLIK SHARTNOMALARIDAGI HUQUQIY XAVFLAR

Авторы

  • Ibrohimjon Nabijonov Toshkent davlat yuridik universiteti

Ключевые слова:

sportchi xulqi, homiylik shartnomasi, axloqiy bandlar, huquqiy xavf, sport marketingi, shartnoma shartlari, imij va obro‘, shartnoma bekor qilinishi, xalqaro sport huquqi, axloqiy buzilishlar

Аннотация

So‘nggi yillarda sport sohasi nafaqat jismoniy faoliyat va musobaqalar bilan, balki murakkab iqtisodiy, huquqiy va axloqiy munosabatlar bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, professional sportchilarning homiylik shartnomalari orqali kompaniyalar bilan tuzgan tijorat aloqalari sport marketingining ajralmas qismiga aylangan. Biroq, sportchilarning shaxsiy xulq-atvori va jamoat oldidagi obro‘si ushbu shartnomalarning barqarorligi va amal qilish muddati uchun muhim omil hisoblanadi. Sportchining ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda yoki real hayotdagi noto‘g‘ri xulqi (masalan, jinoyatga aloqadorlik, axloqiy qoidalarni buzish, kamsituvchi bayonotlar) homiylik shartnomalarini bekor qilish yoki ularni qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin. Bu esa kompaniya obro‘siga putur yetkazishi xavfi mavjud bo‘lgan holatlarda, axloqiy bandlar orqali homiylar o‘z manfaatlarini himoya qilishga harakat qiladilar.

Биография автора

  • Ibrohimjon Nabijonov, Toshkent davlat yuridik universiteti

    Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

    Sport huquqi mutaxassisligi magistranti

Опубликован

2025-06-24

Выпуск

Раздел

Статьи