FIDIC shartnomalarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishning ayrim masalalari

Mualliflar

  • Xolisxon Umarova Toshkent davlat yuridik Universiteti

Kalit so‘zlar:

FIDIC, proformalar, muhandis, oldindan baholangan zarar, nomlanmagan shartnomalar

Annotasiya

Bugungi kunda dunyoda xalqaro qurilish shartnomalarining eng keng tarqalgan standart shakli hisoblanuvchi FIDIC shartnomalari ham katta va kichik qurilish loyihalarida tez-tez qo‘llanilib, u turli tillar, millatlar va yurisdiksiyalarga ega barcha davlatlar uchun mos tushmoqda. FIDIC shartnomalari odatda, ko‘plab rivojlangan banklar tomonidan moliyalashtiriladigan, xalqaro qurilish loyihalarining namunaviy standarlarini belgilab beradi. Bugungi kunda qurilish va injenering sahosida keng ko‘lamli o‘zgarishlar, yangi loyihalar, uslublar kundan kunga o‘zgarib borayotganligi sababli, FIDIC shartnomalari ushbu qurilish loyihalari tomonlari uchun xalqaro standatlar belgilab berishi bilan ahamiyatlidir. Bunday bitimlarda ishlarning aniq hajmi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, javobgarlik masalalari ham aniq belgilangan bo‘ladi va bu kelgusida shartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqliklar va chekinishlarni oldini oladi. Quyida fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda FIDIC shartnomalarining ayrim masalalari xususida so‘z yuritiladi.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2022-12-10