ISLOM TARAQQIYOT BANKINING TADBIRKORLIK SUBEKTLARINI KREDITLASH FAOLIYATIGA OID NORMATIV HUJJATLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Kalit so‘zlar:
Islom taraqqiyot banki, O‘zbekiston, islomiy moliyalashtirish, murobaha, ijara, istisno’, xususiy sektor, investitsiya loyihalari, moliyaviy islohot, xalqaro moliya institutlari, islomiy moliyaviy mahsulotlar.Avstrakt
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi o‘rtasidagi hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishi, a’zolikning huquqiy asoslari, amalga oshirilgan loyihalar hamda islomiy moliyalashtirish mexanizmlarining tatbiqi tahlil etiladi. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab ITB bilan boshlangan hamkorlik bugungi kunda infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim va tadbirkorlik sohalarini qamrab olgan keng qamrovli investitsiyaviy dasturlar orqali davom etmoqda. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston qonunchiligida islomiy moliyalashtirish me’yorlariga moslashuv darajasi tanqidiy tahlil qilinadi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish uchun bank, soliq va moliya tizimlarida zarur bo‘lgan islohotlarga e’tibor qaratiladi. Islomiy moliyalashtirish vositalarining rivojlanib borayotganini hisobga olgan holda, ularni milliy huquqiy baza bilan uyg‘unlashtirish bugungi kun talabi ekani ta’kidlanadi.
##submission.citations##
С.С.Харон, N.W.Azmi. Исломий молиялар ва банк тизими. Фалсафаси, тамойиллари ва амалиёти. [Матн] – Т.: Ўзбекистон, 2014. – Б 256-257.
З.Асатуллаева, Халқаро иқисодий муносабатлар тизимида кўптомонлама тараққиёт банклари: фаолияти хусусиятлари ва Ўзбекистон республикаси билан ҳамкорлигининг истиқболлари, Халқаро муносабатлар журнали, 2009, 2-сон, -Б. 117-128.
Mutalov, O. B. (2022). Project civil code of the republic of Uzbekistan: Token, blockchain and smart contracts. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(1), 344-348.
Жураева, А. Б. (2020). PRIOR RIGHTS IN TRADEMARK IN UZBEKISTAN, CHINA AND GERMANY COMPARATIVE STUDY.
Ислом тараққиёт банки расмий сайти – https://www.isdb.org/news/president-of-the-islamic-development-bank-group-covid-19-and-micro-small-and-medium-enterprises-saving-the-global-economy-from-the-pandemic