Categories
Uncategorized

Navoiyda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan fuqaro mashinasida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida haydovchining aybi bilan sodir bo‘lgan YTHda bir nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Navoiy viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori Farruh Yakubov xabar berdi.

Navoiy viloyat IIB YHXB

Voqea 2020-yilning 28-iyul kuni soat taxminan 19:30 larda Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi 4R-65 avtomobil yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan.

Tumanning “Arabxona” mahallasida yashovchi fuqaro H.Sh. boshqaruvidagi Nexia mashinasida piyoda P.Q.ni urib yubordi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida P.Q. og‘ir tan jarohati olib, tezkor yordam berilishiga qaramay shifoxonada vafot etdi.

Haydovchining hujjatlari ko‘zdan kechirilganda, uning haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagani va avtomashinani boshqarishga uquvi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Chinozda Cobalt va Lacetti to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, Jizzaxda Cobalt 4 yoshli bolani, Malibu maktab o‘quvchisini urib yuborgani haqida xabar berilgandi.