Categories
Uncategorized

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

Yengil vazn toifasi bo‘yicha UFC chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasidagi 24-oktabrga mo‘ljallangan jang katta ehtimol bilan bilan Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi.

Kollaj: “Daryo”

Avvalroq Habib va Getji o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuniga belgilangan UFC 254 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘lishi ma’lum qilingandi. Biroq rasmiy posterda jangning qayerda o‘tishi ko‘rsatilmagan edi.

UFC prezidentni Deyna Uaytning aytishicha, mazkur musobaqaga Abu-Dabi mezbonlik qiladi.

UFC rahbariyatining “Jangchilar oroli”dagi musobaqalardan ko‘ngli to‘lmoqda. Bundan tashqari koronavirus pandemiyasi sabab Nurmegomedov uchun AQShdan ko‘ra BAAga yetib borish qulayroq bo‘ladi.

Habib Nurmagomedov va Jastin Jetji ishtirokidagi barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (video).