Categories
Uncategorized

PSJ penaltilar seriyasida “Lion”ni mag‘lub etib, Fransiya Liga Kubogiga ega chiqdi

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

Futbol bo‘yicha Fransiya Liga Kubogining finalida PSJ va “Lion” klublari 31-iyul, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: PSJ

Uchrashuvning asosiy vaqtida darvozalar daxlsiz qoldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmagach penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.

Penaltilar seriyasida parijlik futbolchilar kuchliroq chiqdi. PSJ safida Anxel di Mariya, Marko Verratti, Leandro Paredes, Ander Errera va Neymar mo‘ljalni aniq olgan bo‘lsa, “Lion”dan Yoakim Andersen, Karl Toko Ekambi, Maksans Kakre, Tyago Mendes va Ussem Auar 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etdi. Bertran Traorening yagona xatosi esa “Lion”ga qimmatga tushdi.

Shu tariqa PSJ to‘qqizinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi va bu borda rekordchi hisoblanadi. “Lion” esa 2000/01-yilgi mavsumda bir bor Liga Kubogida zafar quchgandi.

Avvalroq Tomas Tuxel shogirdlari muddatidan oldin to‘xtatilgan Fransiya chempioni g‘olibiga aylangan va Fransiya Kubogiga ega chiqqandi.

Fransiya Liga Kubogi

Final bahsi

31-iyul, juma

PSJ — “Lion” 0:0 (penalti — 6:5)

PSJ: Navas, Bakker, Tiago Silva (Paredes, 90), Kurzava (Kerer, 70), Markinyos (Diallo, 114), Guye (Errera, 58), Verratti, Di Mariya, Kimpembe, Neymar, Ikardi (Sarabiya, 58).

“Lion”: Antoni Lopesh, Marsal, Marselo (Andersen, 81), Denayer, Dyubua (Rafael, 86), Auar, Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 65), Kakre, Korne, Depay (Toko-Ekambi, 80), Dembele (Traore, 80).

Ogohlantirishlar: Kakre (19), Tiago Silva (55), Bruno Gimaraes (61), Errera (79), Marsal (94), Markinyos (95), Paredes (100), Di Mariya (115).

Chetlatish: Rafael (119).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Categories
Uncategorized

Video: Sergelida aholi va mahalla ma’muriyati o‘rtasida 1 mln so‘mlik naqd pul yordami ustida yuzaga kelgan mojaro

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Sergeli tumani “Humo” mahallasida naqd pul shaklidagi bir martalik yordam puli masalasida mahalla aholisi va ma’muriyati o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatli holat aks etgan videoyozuv tarqaldi.

Videoyozuvlarning birida aholi vakillari “Humo” mahallasi ma’muriyatini yordam pulini bermayotganlikda ayblagan, yordam puli so‘rab kelganlarga mahalla ma’muriyati bankdan kredit olishni tavsiya qilayotgani ta’kidlangan. Yana bir videoda ichki ishlar organlari xodimlari mahalla ma’muriyati vakillarini norozi aholidan himoya qilishga urinayotgani, bu orada mahalla ma’muriyati vakillari va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida ham nizo yuzaga kelganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 30-iyuldagi farmoniga muvofiq pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam puli berilishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga Qurbon Hayiti arafasida 1 million so‘mdan moddiy yordam tarqatilishi ta’kidlangan edi.

Ushbu yangiliklar yuzasidan izoh berarkan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Akmalxon Ortiqov: “Pullarni qaysidir bir idoraning kichik xodimi yoki kassiriga ishonib topshirib qo‘yganmiz yo‘q, davlatning vakolatli odamlariga ishonib topshirildi bu pullar”, degandi. U oziq-ovqat to‘plami yoki dori-darmon shaklida moddiy yordam tarqatishda kamchiliklar uchragani, “hamma mas’ullar ham bu masalaga vijdon bilan yondashmayotgani” uchun, bir martalik moddiy yordam pullarini naqd pul shaklida tarqatishga qaror qilinganini aytib o‘tgan edi.

Qayd etish joiz, Sergeli tumani “Humo” mahallasi 2020-yil bahoridagi karantin vaqtida ham aynan moddiy yordam masalasi sabab OAVda tilga olingan edi. O‘shanda Mahalladagi ko‘p qavatli 26-uyda yashaydigan 32 oila (ushbu oilalarda nogironligi bor fuqarolar yashagan) yordamga muhtoj ekani, karantin boshlanganidan beri ulardan xabar olinmagani haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) yozib chiqqach, ushbu xonadonlarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari yetkazib berilgan edi. Ushbu holatni izohlarkan, Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Oygul Sattorova “kam ta’minlangan oilalar ko‘pligi uchun xayriya yordamlari yetib borishi biroz qiyin kechayotgani”ni ta’kidlagan edi.

Categories
Uncategorized

O‘zbekistonda 31-iyul kuni 738 kishida koronavirus aniqlanib, antirekord yangilandi. Sog‘ayish bo‘yicha ham rekord qayd etildi

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

O‘zbekistonda 30-iyul soat 23:30 dan 31-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 738 ta holat qayd etildi. Birinchi marta kunlik bemorlar soni 700 nafardan oshdi va yangi antirekord o‘rnatildi. Ketma-ket ikkinchi kun koronavirusdan tuzalganlar soni yangi bemorlar sonidan oshmoqda, buning evaziga davolanayotgan bemorlar soni 2 kundan buyon kamaymoqda. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 24009 nafarga yetdi.

SSV hisobi bo‘yicha 141, “Daryo” hisobi bo‘yicha 148 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

Yangi kasallanish holatlari

Yangi kasallanganlarning

  • 111 nafari xorijdan kelib karantinga olinganlar orasida;
  • 627 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida (Toshkent shahrida — 302 nafar, Toshkent viloyatida — 203 nafar, Buxoro viloyatida — 35 nafar, Sirdaryo viloyatida — 22 nafar, Andijon viloyatida — 19 nafar, Qashqadaryo viloyatida — 17 nafar, Namangan viloyatida — 15 nafar, Navoiy viloyatida — 10 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 4 nafar) aniqlangan.

Toshkent shahrida 302 kishida kasallik aniqlandi. Toshkentda iyul oyida kasallik aniqlanmagan biron kun ham bo‘lmadi. Joriy haftaning o‘zida Toshkentda 1602 kishida kasallik qayd etildi. Shuningdek, xorijdan kelib, karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 111 kishida kasallik aniqlandi. Yangi holatlardan so‘ng Toshkentda koronavirusga chalinganlar soni 14415 nafarga yetdi. Kasallik eng kam qayd etilgan hudud Jizzaxda 140 kishida koronavirus aniqlangan, ya’ni Toshkentda koronavirusga chalinganlar soni Jizzaxdagidan 103 baravar ko‘p. Toshkent shahrida qayd etilgan koronavirusga chalinish holatlari Janubiy Koreyada aniqlangan barcha holatlar (14305)dan ham oshib ketdi.

Toshkent viloyatida 203 kishida koronavirus qayd etildi17-iyuldan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyatining ko‘rsatkichlarini Toshkent shahridan alohida bera boshladi. O‘shandan buyon viloyatda kunlik kasallanish holatlari soni ilk marta 200 tadan oshdi. Hafta davomida Toshkent viloyatida 788 kishida kasallik aniqlandi. Respublika maxsus komissiyasining 28-iyuldagi qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Nazarbek” sanatoriysi 350 o‘ringa mo‘ljallangan koronavirusga chalingan bemorlarni davolash kompleksiga aylantirildi.

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 35 kishida kasallik aniqlandi. Iyul oyida Buxoroda jami 307 kishida kasallik aniqlandi va kasallanganlar soni 828 nafarga yetdi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 37 foiziga teng. Buxoro viloyati koronavirusga chalinganlar soni 800 nafardan oshgan Toshkent shahri, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlaridan so‘ng 5-hudud bo‘ldi. Viloyatda koronavirus yuqtirib olganlar orasida Buxoro viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ham bor, hozirda u Toshkentda davolanmoqda.

Sirdaryo viloyatida 22 kishida koronavirus qayd etildi. 25-iyuldan beri viloyatda har kuni yangi kasallanish holatlari aniqlanmoqda. 17-iyuldan boshlab SSV Sirdaryo viloyatining statistikasini Toshkentdan alohida berishni boshladi. O‘sha kungacha viloyatda kasallanganlar soni 213 nafarni tashkil etgan, 15 kun ichida Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 2,5 baravardan ortiqqa ko‘payib, hozirda 581 nafarga yetgan.

Andijon viloyatida 19 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda so‘nggi 15 kun ichida faqat 25-iyul kuni yangi holatlar aniqlanmadi. Iyul oyida Andijonda 786 kishida kasallik aniqlangan bo‘lib, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 79 foiziga teng. Hozirda Andijonda aniqlangan bemorlar soni 995 nafarga yetgan. Viloyat Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan so‘ng kasallanganlar soni 1000 nafarga yetgan uchinchi hududga aylanishga yaqin turibdi.

Qashqadaryo viloyatida 17 kishida koronavirus qayd etildi. 30-iyun holatiga ko‘ra Qashqadaryoda 197 kishida kasallik aniqlangan bo‘lsa, iyul oyida davomida koronavirusga chalinganlar soni 3,5 baravarga oshib, hozirda 693 nafarni tashkil etmoqda. Butun respublikadagi bemorlarning 2,9 foizi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Viloyat maxsus komissiyasi qarori bilan Qashqadaryoda 3-avgustdan boshlab bir qator karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilishi e’lon qilindi. Maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 3-avgustdan boshlab tuman (shahar) hokimlari, hududiy maxsus komissiya raislariga o‘z hududidagi buyum va qurilish mollari bozorlari, savdo, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga faoliyatlarini davom ettirishga individual tarzda ruxsat berish vakolati beriladi. Shuningdek,  3-avgustdan boshlab avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga, shuningdek, Qarshi shahriga kirish-chiqishga faqatgina kunning muayyan vaqtida — soat 07:00 dan 10:00 gacha va 18:00 dan 21:00 gacha tegishli hudud doirasida harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bunda avtomobillar harakatiga fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun ruxsat etiladi.

Namangan viloyatida 15 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda iyul oyida 23 kun yangi kasallanish holatlari qayd etilgan. Namanganda iyul oyida 447 kishida koronavirus qayd etildi, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 60 foiziga tengdir.

Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 10 kishida koronavirus aniqlandi. 25-iyuldan beri viloyatda har kuni yangi holatlar qayd etilmoqda, ammo bu kunlarning hech birida kunlik kasallanish holatlari 11 tadan oshgani yo‘q. Iyul oyida Navoiyda koronavirusga chalinganlar soni 148 kishiga ko‘paydi, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 34 foiziga tengdir. Navoiyda koronavirusga chalinganlar orasida viloyat hokimi Qobul Tursunov ham borligi ma’lum bo‘ldi. U 4 kundan beri Toshkentda davolanmoqda.

Qobul Tursunov.

Foto: “Daryo”

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 kishida koronavirus aniqlandi. Iyul oyida respublikada 206 kishida kasallik qayd etildi, bu Qoraqalpog‘istondagi jami kasallanish holatlarining 58 foiziga tengdir.

O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

SSV kun davomida Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 5 kishi vafot etganini xabar berdi. Ammo koronavirusga chalingach 31-iyul kuni vafot etgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov bo‘yicha axborot bermadi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 55 yoshli B.Sh. ismli erkak 13-iyul kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Keyinchalik ahvoli og‘irlashganligi sababli reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishidan vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 67 yoshli N.T.ismli ayolda 10-iyul kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va shahar 1-sonli klinik shifoxonaga olib kelingan, holati yomonligi sababli reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashovchi 60 yoshli M.S. ismli ayol 10—20-iyul kunlari uy sharoitida xususiy shifoxona shifokorlarining tavsiyalariga muvofiq davolangan. 21-iyul kuni esa bemor Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov 72 yoshida vafot etdi.

Musa Yerniyazov.

Foto: “Daryo”

Musa Yerniyazovning o‘limi haqida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot bermadi va koronavirus asoratlaridan vafot etganlar ro‘yxatiga ham kiritmadi. Qoraqalpog‘iston SSV Musa Yerniyazovning kasalligi qanday kechgani haqida ma’lumot berdi.

Musa Yerniyazovda kasallikning klinik belgilari kuchaygani sababli 30-iyun kuni Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga olib kelingan va og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Bemorga ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafar yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor bir necha yillardan buyon qandli diabet, gipertoniya, yurak ishemik kasalliklaridan davolanib kelgan.

Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialida Musa Yerniyazovni davolash ishlari chet ellik va Toshkent shahridagi yetakchi shifokorlar bilan konsultatsiyalar va konsiliumlar orqali amalga oshirilgan.

Musa Yerniyazovning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib turgan, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar iyul oyi boshida paydo bo‘lgandi. Ammo o‘shanda Qoraqalpog‘iston rahbariyati bu xabarlarni qat’iy rad etgandi. Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabari bo‘yicha Yerniyazov 30-iyunda kasalxonaga yotqizilgan.

Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 55 yoshli N.D. ismli erkak 19-iyul kuni og‘ir holatda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Shifoxonada unda COVID-19 infeksiyasi borligi tasdiqlangan. Bemorga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, keng tarqalgan miokard infarkti asorati bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, keng tarqalgan miokard infarktidan vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. 27-iyul kuni Ichki ishlar akademiyasi axborot xizmati akademiya faxriylar kengashi va shaxsiy tarkibi iste’fodagi polkovnigi Tangirberdiyev Sultonboy Qurbonboyevichning 25-iyul kuni vafot etganini xabar qilgandi. SSV uning o‘limi haqidagi xabarni 6 kun o‘tib e’lon qildi.

Sultonboy Tangirberdiyev.

Foto: IIV akademiyasi

“Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli T. S. ismli erkakda 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIB Markaziy gospitalida o‘tkir appenditsit aniqlangan va operativ davo o‘tkazilgan. 10-iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va og‘ir holatda Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan”, — deyiladi SSV xabarida.

Bemorga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmoqchiligi va infeksion toksik miokardit asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar kuzatilgan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli stabil og‘ir bo‘lib turgan bemor, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 141 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 148 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni esa Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etgani xabar berildi (uning koronavirusga chalingani haqida SSV 18-iyulda xabar bergandi). Biroq ushbu yetti holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 404 nafar bemordan 594 nafari og‘ir, 197 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 29-iyulda 500 nafardan, 30-iyulda esa 600 nafardan oshgandi, hozirda ularning umumiy soni 791 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallikdan davolanish

31-iyul kuni O‘zbekistonda jami 784 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzaldi va yangi rekord o‘rnatildi. Ketma-ket beshinchi kun sog‘ayganlar soni bo‘yicha rekordlar yangilanmoqda. 31-iyul kuni tuzalganlarning

  • 467 nafari Toshkent shahrida;
  • 184 nafari Toshkent viloyatida;
  • 41 nafari Andijon viloyatida;
  • 32 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 22 nafari Xorazm viloyatida;
  • 21 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 13 nafari Namangan viloyatida;
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Ushbu bemorlarning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas. Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabining 22-iyul kuni bergan ma’lumotlari allaqachon eskirdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 24 009 nafar bemordan 14 464 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil etmoqda. Oxirgi marta 12-iyul kuni davolanish ko‘rsatkichi 60 foiz bo‘lgandi. 23-iyulda esa bu boradagi ko‘rsatkich 53 foizga tushib ketgandi.

Categories
Uncategorized

O‘zbekistonda bir kunda 784 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Kunlik rekord yangilandi

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

O‘zbekistonda 2020-yil 31-iyul soat 23:20 holatiga ko‘ra kun davomida jami 784 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzaldi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabarda qayd etilishicha, tuzalganlarning

  • 467 nafari Toshkent shahrida;
  • 184 nafari Toshkent viloyatida;
  • 41 nafari Andijon viloyatida;
  • 32 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 22 nafari Xorazm viloyatida;
  • 21 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 13 nafari Namangan viloyatida;
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha kunlik rekord natija 30-iyul kuni qayd etilgan va shu kuni jami 743 nafar bemor COVID-19 koronavirus infeksiyasidan tuzalgandi.

O‘zbekistonda jami 14 464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar kasallikdan tuzalgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi yuritayotgan statistikaga ko‘ra koronavirus asoratlari oqibatida 141 nafar bemor vafot etgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 148 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov, Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan.

Shuningdek, 31-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov 72 yoshida Nukusda vafot etdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) 18-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edi.

Biroq ushbu yetti o‘lim haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Categories
Uncategorized

Toshkentda 151 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 ming nafardan oshdi

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

O‘zbekistonda 2020-yil 31-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra yana 236 kishida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 24 009 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 151 tasi Toshkent shahrida;
  • 85 tasi Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kun davomida jami 738 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan (soat 10:00 da +287 va soat 17:00 da +215).

Shuningdek, 31-iyul kuni Toshkent shahrida 467 nafar, Toshkent viloyatida 184 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Qashqadaryo viloyatida 32 nafar, Xorazm viloyatida 22 nafar, Sirdaryo viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 784 nafar bemor tuzalib, kunlik rekord yangilangan. Ketma-ket besh kundan beri bu boradagi natija yaxshilanib kelmoqda.

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlar soni 14 464 nafarni (60 foiz) tashkil qilmoqda. Mamlakatda 9 404 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, 31-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov 72 yoshida Nukusda vafot etdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) 18-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Musa Yerniyazovning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib turgani, u mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etganini ma’lum qilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi yuritayotgan statistikaga ko‘ra koronavirus asoratlari oqibatida 141 ta o‘lim holati qayd etilgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 148 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov, Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan.

Biroq ushbu olti o‘lim haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Categories
Uncategorized

A Seriyaning iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala Italiya A Seriyasining iyul oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Foto: A Seriya

26 yoshli futbolchi iyul oyida A Seriyada 6 ta o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi.

Dibalaga mazkur sovrin so‘nggi tur doirasidagi “Yuventus” — “Roma” uchrashuvidan oldin topshiriladi.

Argentinalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada jami 11 ta gol urdi va o‘nta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

“Yuventus”ning Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumi guruh bosqichida urgan gollari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Categories
Uncategorized

Qoraqalpog‘iston SSV Musa Yerniyazovning kasalligi qanday kechgani haqida ma’lumot berdi. U bir oy og‘ir ahvolda bo‘lgan

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov vafot etgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Senator o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Musa Yerniyazov.

Foto: “Daryo”

Vazirlikning xabar berishicha, Musa Yerniyazovda kasallikning klinik belgilari kuchaygani sababli 30-iyun kuni Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga olib kelingan va og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Bemorga ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafar yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor bir necha yillardan buyon qandli diabet, gipertoniya, yurak ishemik kasalliklaridan davolanib kelgan.

Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialida Musa Yerniyazovni davolash ishlari chet ellik va Toshkent shahridagi yetakchi shifokorlar bilan konsultatsiyalar va konsiliumlar orqali amalga oshirilgan.

Musa Yerniyazovning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib turgan, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar iyul oyi boshida paydo bo‘lgandi. Ammo o‘shanda Qoraqalpog‘iston rahbariyati bu xabarlarni qat’iy rad etgandi. Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi esa 31-iyul kuni Musa Yerniyazovning 30-iyunda kasalxonaga yotqizilganini xabar qildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 18-iyul kuni Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqida xabar bergandi. SSV Yerniyazovning ahvolini barqaror deb baholagandi.

30-iyuldagi AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi Anvar Alimov Musa Yerniyazovning ahvoli og‘irligi va u sun’iy nafas olish apparatiga ulanganini ma’lum qilgandi.

Categories
Uncategorized

25-iyul kuni 62 yoshida vafot etgan IIV akademiyasining iste’fodagi polkovnigining koronavirusga chalingani tasdiqlandi

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan va koronavirus infeksiyasiga chalingan T.S. ismli erkakning vafot etgani haqida xabar qildi.

Sultonboy Tangirberdiyev

Foto: IIV akademiyasi

62 yoshli T.S.da 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi IIB Markaziy gospitalida o‘tkir appenditsit aniqlangan va operativ davo o‘tkazilgan. 10-iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va bemor og‘ir holatda Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

T.S.ga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi va infeksion toksik miokardit asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar kuzatilgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli stabil og‘ir bo‘lib turgan bemor, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi, deyiladi SSV xabarida. Vazirlik axborotiga T.S.ning qachon vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

2020-yil 27-iyulda Ichki ishlar akademiyasi axborot xizmati akademiya faxriylar kengashi va shaxsiy tarkibi iste’fodagi polkovnigi Tangirberdiyev Sultonboy Qurbonboyevichning vafot etganini xabar qilgandi. SSV axborotidagi bemor haqidagi ma’lumotlar IIV tizimida ishlagan Tangirberdiyevga mos kelmoqda.

62 yoshli T.S. Sog‘liqni saqlash vazirligi yuritayotgan statistikaga ko‘ra koronavirusning 141-qurboniga aylandi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 148 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov, Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan.

Shuningdek, 31-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov 72 yoshida Nukusda vafot etdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) 18-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edi.

Biroq ushbu yetti o‘lim haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Categories
Uncategorized

Toshkentda koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak hayotdan ko‘z yumdi

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 55 yoshli N.D. ismli erkak vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Xabarga ko‘ra Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 55 yoshli N.D. 19-iyul kuni og‘ir holatda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Shifoxonada unda COVID-19 infeksiyasi borligi tasdiqlangan. Bemorga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, keng tarqalgan miokard infarkti asorati bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

“Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, keng tarqalgan miokard infarktidan vafot etgan”, – deyiladi SSV axborotida.

N.D. Sog‘liqni saqlash vazirligi yuritayotgan statistikaga ko‘ra koronavirusning 140-qurboniga aylandi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 147 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov, Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan.

Shuningdek, 31-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov 72 yoshida Nukusda vafot etdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) 18-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edi.

Biroq ushbu yetti o‘lim haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Categories
Uncategorized

San’at ahlidan bayram tabriklari, Asaldan hayitlik olgan Muqaddas, adras kiyimdagi Neslihan Atagul. Instagram yangiliklari

Daryo.uz nashrining rasman xabar berishicha,

31-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

San’at ahli muxlislarini Qurbon Hayiti bilan muborakbod etmoqda.

Turkiyalik aktyor Murat Yildirim va uning rafiqasi Iman Elbani kuzatuvchilarini bayram bilan tabrikladi.

Nilufar Usmonova sinovli kunlar tezroq ortda qolib, bayramlarni avvalgidek katta tantana bilan nishonlash nasib etishini tiladi.

Turkiyada suratga olinayotgan serialda band bo‘lgan Rayhon Ulasenova sahifasiga she’riy tabrik qoldirdi.

“Mendirman” serialida suratga tushayotgan bir guruh o‘zbekistonlik aktyorlar bayramni Turkiyada nishonladi.

Mavluda Asalxo‘jayeva ham muxlislariga videotabrik yo‘lladi.

Ziyoda Hayitga o‘zi pishirgan pishiriqlar rasmi bilan bo‘lishdi.

Xonanda Shirin Hayitda milliy kiyimda ko‘rinish berdi.

Turkiyalik yigitga turmushga chiqqan aktrisa Nargiza Salmonova ham folloverlarini bayram bilan tabriklashni unutmadi.

Muqaddas Sa’dullayeva va uning qizi Sa’diya aktrisa Asal Shodiyevadan hayitlik oldi.

Rayhon ham folloverlarini bayram bilan qutlab, ezgu tilaklarini izhor etdi.

Shahzoda Muhammedova “Nega qaynota va qaynonangiz bilan tushgan suratlaringizni ko‘rsatmaysiz?” deya savol beradigan folloverlari uchun qaynonasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Instagram’da kamnamo bo‘lgan xonanda Sevinch yangi surat bilan muxlislarini xushnud etdi.

Turkiyalik taniqli aktrisa Neslihan Atagul adras nusxali kiyimda tushgan suratini sahifasiga joyladi.